Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Metan gaz»ning eng baland chakana narxi yangilandi

«Metan gaz»ning eng baland chakana narxi yangilandi

Hukumatning 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173-sonli qarori bilan «metan gaz» uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirildi.

Energetika vazirligiga ko‘ra, endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring