Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Tatyana Karimovani sudga berdi

Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Tatyana Karimovani sudga berdi

Joriy yilning 26 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqadi. Bu haqda Toshkent shahar sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda keltirilgan.

Da’vogar Islom Karimovning Natalya Kuchma bilan birinchi turmushidan o‘g‘li Pyotr Karimov ekani aytilmoqda.

Pyotr Karimov O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning Natalya Kuchma bilan nikohidan 1969 yili tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi. Shu yili Karimov va Kuchma ajrashgan. Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan.

Ma’lumot uchun, 54 yoshli Pyotr Karimov 1990 yillardan buyon Moskvada istiqomat qilib keladi. O‘z vaqtida u «Asia-Invest Bank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring