Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Farg‘onada qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati Oltariq tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi og‘ilxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 4 bosh qo‘ni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchilar ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oltiariq tumanida  istiqomat qiluvchi fuqaro A.D IIBga murojaat qilib, 2022-yil 29-dekabr kunidan 30-dekabr kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs Qiziltepa mahalla hududida joylashgan fermer xo‘jaligi og‘ilxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 16.000.000 so‘mlik 4 bosh qo‘yni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiraiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.M va Yu.M.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring