Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FAO chigirtkaga qarshi kurashishni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 8 ta avtomobil topshirdi

FAO chigirtkaga qarshi kurashishni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 8 ta avtomobil topshirdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashishni yaxshilash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va  himoyasi  agentligiga 8 ta maxsus jihozlangan Toyota Hilux avtomobilini topshirdi.

Vazirlikning ta’kidicha, Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi uchun chigirtkalar  jiddiy xavf tug‘dirib kelmoqda. Chigirtkalar ekinlarni yo‘q qilish orqali hosil miqdori va sifatini pasaytirishi, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashni xavf ostida qoldirishi mumkin.

Bundan tashqari, bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermerlar daromadiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘mak FAOning «Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurashishni takomillashtirish (II bosqich)» mintaqaviy loyihasi doirasida amalga oshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring