Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari 4 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi

Elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari 4 oyda qancha soliq to‘lagani aytildi

O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar joriy yilning 4 oyida 32,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston hududida bu borada o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan xorij kompaniyalari 42 tani tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich joriy yil avvalida 40 ta bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yilning yanvarida 31 tani tashkuil qilgan.

Xuddi shunday ularning xizmatlari hajmi ham o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshib, 122,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan (2022-yilda 69,3 mlrd so‘m).
Davlat budjetiga to‘langan soliqlar ham 2022-yilda 19,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, hisobot davrida 32,4 mlrd so‘mga yetgan.

Eng yirik soliq to‘lovchilar beshtaligida quyidagi kompaniyalar qayd etilgan:

Meta – 12 mlrd 115,2 mln so‘m;

Google – 9 mlrd 345 mln so‘m;

Apple – 5 mlrd 985 mln so‘m;

Booking.com – 1 mlrd 148,6 mln so‘m;

Netflix – 1 mlrd 108,7 mlrd so‘m. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring