Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiq daryosini qazib tashlaganlar ishini Bosh prokuratura o‘rganadi

Chirchiq daryosini qazib tashlaganlar ishini Bosh prokuratura o‘rganadi

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida olib borilgan nazorat reyd tadbirlarida daryoning muhofaza mintaqasidan 1 dona yuklovchi va 2 dona MAN rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida noqonuniy tarzda shag‘al qazib olib ketilayotgani aniqlandi.

Ekologiya vazirligi xodimlari olib borgan surishtiruv davomida qum-shag‘al «Sharq neftgaz biznes» MChJ rahbari O. K. tomonidan qazdirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, haydovchilar va MChJ rahbaridan tushuntirish xatlari olingan. Shuningdek, ikkita yuk mashinasi hamda ekskavator jarima maydoniga joylashtirilgan.

«Shag‘al mahsuloti qazilgan joyda olib borilgan o‘lchov natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 6 milliard 635 million 894 ming 160 so‘mni tashkil qildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni ta’minlash maqsadida tegishli hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring