Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bunyodkor»ning «stoyanka»sini buzib, ko‘p qavatli uylar va mehmonxona qurish taklif qilingan

«Bunyodkor»ning «stoyanka»sini buzib, ko‘p qavatli uylar va mehmonxona qurish taklif qilingan

2023-2025-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» stadioniga qarashli 5,5 gektarli avtoturargoh o‘rnida mehmonxona va ko‘p qavatli turarjoy binosi quriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 3-iyuldagi tegishli qarorida gap boradi.

Hujjat matniga ko‘ra, taklif Toshkent shahar hokimligidan chiqqan.

«Avtoturargohning jami 5,5 gektar yer uchastkasida qiymati kamida 200 mln AQSh dollari bo‘lgan mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, ko‘p kvartirali uylar va ko‘p qavatli avtoturargohni o‘z ichiga olgan zamonaviy ishbilarmonlik markazini qurish loyihasini amalga oshirish taklifi ma’qullansin», – deyiladi Prezident qarorida.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan Hukumat hamda poytaxt hokimligiga «zamonaviy ishbilarmonlik markazini amalga oshirish uchun» yer uchastkasini loyiha tashabbuskorlariga o‘rnatilgan tartibda ajratish topshirilgan.

Ma’lumot uchun, hujjatda loyiha tashabbuskorlari kim ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring