Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga keladi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga keladi

Joriy yil 13-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi boshlanadi.

BMT Oliy komissari 15-martgacha davom etadigan tashrifi doirasida bir qator davlat organlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv va muloqotlarda O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashilishi kutilyapti. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi hamda Inson huquqlari sohasidagi Vena deklarasiyasi va Harakatlar dasturining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida so‘z yuritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring