Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholining ehtiyojmand qatlami uchun davlat boji kamaytirildi

Aholining ehtiyojmand qatlami uchun davlat boji kamaytirildi

Joriy yil 16-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-896-sonli qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-qkvvatlashga doir qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilingan hollar esa bundan mustasno.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring