Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

52 o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi Toshkentda ushlandi

52 o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi Toshkentda ushlandi

Foto: «Emer.gov.kz»

2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Samara - Chimkent yo‘nalishida katta fojea yuz bergan edi. O‘shanda salonida 57 kishi bo‘lgan avtobus yonib ketgan, shundan 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.

O‘sha yongan avtobus Qozog‘istonning 46 yoshli fuqarosi O.M.ga qarashli bo‘lgan. U o‘sha paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib, voqea joyidan yashiringan edi. Qo‘shni mamlakatda unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismi (transport vositasini sifatsiz ta’mirlash yoki texnik nosoz holda ularni ekspluatatsiyaga chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 2018 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida birgalikda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida davlatlararo qidiruvdagi shaxs O.M. ushlangan. 22 noyabr kuni O.M. ekstraditsiya masalalari hal qilingunga qadar O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish muassasasiga olib borilgan.

Ushlangan shaxsni Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirish jarayoni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro-huquqiy kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring