Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirokida seminar tashkillashtirildi

300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirokida seminar tashkillashtirildi

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni va Toshkent viloyatining soliq va boshqa tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni mohiyatini aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazish maqsadida 300 nafardan ziyod tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida seminar tashkillashtirildi.

O‘tkazilgan seminar davomida joriy yil uchun soliq va budjet siyosatida ro‘y bergan o‘zgartirishlar bilan bir qatorda  nazorat organlari mansabdor shaxslarining tadbirkorlik sub’yektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlariga zid harakatlari uchun qo‘llaniladigan ta’sir choralari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan seminar uchrashuv so‘nggida tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga tegishli sohaviy nazorat organlari   tomonidan batafsil javob berildi.

Tadbirkorlik  sub’yektlarining boshqa turli soha vakillari bilan ham bu formatdagi uchrashuvlarni davom ettirish  rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring