Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 iyuldan moped va skuterlarga alohida davlat raqamlari beriladi – loyiha

1 iyuldan moped va skuterlarga alohida davlat raqamlari beriladi – loyiha

Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi tayyorlangan.

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanishda bo‘lganlari 1-ilovada keltirilgan vaqtinchalik nizom asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-iyulga qadar moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik, dilerlik) tashkilotlar)i Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi «Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari» moduliga integratsiya qilinadi va bunday transport vositalari uchun hisob-ma’lumotlarni elektron shaklda berilishini ta’minlanadi.

2024-yil 1-iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi axborot tizimi orqali Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga O‘zbekistonga kirib kelayotgan dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring