Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vinni-Pux»ni sahnalashtirgan rassom vafot etdi

«Vinni-Pux»ni sahnalashtirgan rassom vafot etdi

Foto: «Crosti.ru»

«Vinni Pux» multfilmini sahnalashtirgan rassom Vladimir Zuykov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda 25-fevral kuni «Soyuzmultfilm» bosh muharriri Sergey Kapkov xabar berdi.

«Bugun Vladimir Nikolayevich Zuykov olamdan o‘tdi», — dedi u.

Kapkovning so‘zlariga ko‘ra, Zuykov sovet animatsiyasining so‘nggi taniqli rassomlaridan biridir.

«Soyuzmultfilm» bosh muharriri aniqlik kiritishicha, uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgan.

Vladimir Zuykov 1935-yil 27-yanvarda dunyoga kelgan. U Potemkin nomidagi Moskva pedagogika institutini tamomlagan, maktabda dars bergan, kitob nashriyotlarida, jurnallarda, gazetalarda illyustrator bo‘lib ishlagan.

1967-yilda «Soyuzmultfilm»da sahnalashtirgan rassom sifatida ish boshlagan.

Uning ajoyib asarlari orasida «Film, film, film», Vinni Pux haqida trilogiya, Fyodor Xitrukning «Ikar va donishmandlar», Valeriy Ugarovning «Xalif-aist» va boshqalar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring