Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy viloyatiga bordi

Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy viloyatiga bordi

Foto:«Madaniyat.uz»

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Navoiy shahrida bo‘lib, madaniyat va san’at muassasalari, ta’lim maskanlari faoliyatini atroflicha ko‘zdan kechirdi. Xususan, Navoiy shahar 1- va 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari bo‘lib, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda o‘qituvchilarning o‘quv dasturlari birma-bir o‘rganib chiqildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida xabar qilingan. 

Foto:«Madaniyat.uz»

Amfiteatr majmuasi qoshidagi madaniyat va aholi dam olish markazining ish rejasi, markazning texnik uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tanishib chiqildi. Ushbu markazni amfiteatrdan alohida markaz sifatida tashkil etish, to‘garaklar sonini ko‘paytirish va mavjudlarining sifatini oshirish, aholining mazmunli madaniy xordiq chiqarishi uchun qiziqarli loyihalar tayyorlash takliflari ilgari surildi.

Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘ngilochar attraksionlarni ko‘paytirish va buni amalga oshirish uchun tadbirkorlarni jalb qilish masalasini ko‘rib chiqish, aholi maroqli dam olishi uchun yangi g‘oyalar bilan yondashish lozimligi e’tirof etildi.

Navoiy madaniyat va san’at kollejlariga tashrif buyurib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birgalikda, Ozodbek Nazarbekov viloyat tarixi va madaniyati muzeyida ham bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring