Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tehronda o‘zbekistonlik fotorassomning ijodi namoyish etilmoqda

Tehronda o‘zbekistonlik fotorassomning ijodi namoyish etilmoqda

Eron poytaxti Tehronda o‘zbekistonlik fotorassom Husniddin Atoning ijodiy ishlari namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. «O‘zbekiston – Buyuk ipak yo‘li chorrahasida» deb nomlangan shaxsiy fotoko‘rgazma mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti huzuridagi Madaniyat instituti hamkorligida tashkil etildi.

Ijodiy kechaning ochilishida Eron siyosiy, iqtisodiy va madaniy doiralari vakillari, shuningde, xorij diplomatlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Bahodir Abdullayev Tehronda fotoko‘rgazma tashkil etilgani nafaqat O‘zbekiston va Eron, balki IHTga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Mehmonlar e’tiboriga havola etilgan 80 dan ortiq fotosuratlar o‘zbek xalqining ko‘hna madaniyati, an’analari, qadimiy tarixi, shuningdek, betakror madaniy obidalari haqida naql etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, san’at sohasida xalqaro ekspert va fotorassom Husniddin Ato mamlakatimiz va xorijda o‘tkazilgan ko‘plab ijodiy tanlovlarda sovrindor bo‘lgan, shaxsiy ko‘rgazmalarini o‘tkazgan. Ijodkorning «O‘zbekiston – Buyuk ipak yo‘li chorrahasida» nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi 2019 yil davomida Belgiya, Ispaniya va Latviya kabi mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring