Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli kinoshunos vafot etdi

Taniqli kinoshunos vafot etdi

O‘zbek kinosining yetuk olimi, Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti professori, taniqli kinoshunos Jo‘ra Teshaboyev vafot etdi.

Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi. 

Jo‘ra Teshaboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989), San’atshunoslik fanlari doktori, professor (1991). Kiyev universitetini tugatgan (1956).

1956—1958-yillar Andijon maorif bo‘limida ishladi, 1958— 60-yillar «O‘zbekfilm»da muharrir, 1960-yildan San’atshunoslik institutida avval aspirant, ilmiy xodim, 1987-yildan kino va televideniye bo‘limining boshlig‘i, 1968-yildan  San’at institutida dars berdi.

Asosiy ilmiy ishlari kino san’ati nazariyasi va tarixiga oid masalalar, shuningdek, o‘zbek ekran san’ati arboblari ijodiga bag‘ishlangan.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring