Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli aktrisa Dilbar Ikromova vafot etdi

Taniqli aktrisa Dilbar Ikromova vafot etdi

Dilbar Ikromova

Bugun O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Dilbar Ikromova «Kelinlar qo‘zg‘aloni», «Chimildiq», «Dev bilan pakana», «Devona», «Afg‘on» kabi juda ko‘plab filmlarda hamda teatr sahnalarida bir-biridan qiziqarli rollarni mahorat bilan ijro etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa bir oydan buyon koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan bo‘lgan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring