Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi konferensiya qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi konferensiya qatnashchilariga tabrik yo‘lladi

Foto: «Zarnews»

Samarqand shahridagi Forumlar saroyida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) shafeligida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Bu haqda «Zarnews» xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o‘qib eshittirdi.

Foto: «Zarnews»

Tadbirda YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim so‘zga chiqib, mazkur xalqaro anjuman O‘zbekistonda  va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, bu boradagi milliy amaliyot va xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya o‘z ishini uch seksiyada davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring