Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev tarixiy voqeaga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev tarixiy voqeaga munosabat bildirdi

Kuni kecha Parijda bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh Assambleyasida navbatdagi 43-sessiyani 2025 yilda Samarqandda o‘tkazish rasman ma’qullandi.

Bu hodisa Yangi O‘zbekiston uchun tarixiy voqea va o‘zbek diplomatiyasining g‘alabasi sifatida baholandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu hodisaga munosabat bildirdi:

Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025 yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Mintaqamizda birinchi marta o‘tadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

O‘z navbatida, O‘zbekiston bo‘lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi.

E’tiborlisi, Bosh Assambleyaning sessiyasi oxirgi marta Parijdan tashqarida 1985 yilda (Sofiya sh., Bolgariya) bo‘lib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring