Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning har bir tumanida kitob do‘koni bo‘ladi

O‘zbekistonning har bir tumanida kitob do‘koni bo‘ladi

Foto: O‘zA

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarlarligida ta’lim va adabiyot sohalarini tubdan takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etyapti.

Bosh vazir mamlakatimizdagi har bitta tumanda eng kamida bittadan kitob do‘koni bo‘lishi shart ekanini qayd etgan. Shuningdek, do‘konlarda milliy adabiyotlarga ham e’tibor qaratish, do‘kondagi xorijiy adabiyotlar 50 foizdan oshmasligi kerakligi ta’kidlangan.

Yana bir muhim jihat: yig‘ilishda 6-7 mingdan ortiq talaba tahsil oladigan oliy ta’lim muassasalarida ham kitob do‘konlarini barpo etish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring