Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ttiz yildan beri qirollik oilasining ustidan kulib kelaman»: Rouen Atkinson 65 yoshga to‘ldi (foto)

«O‘ttiz yildan beri qirollik oilasining ustidan kulib kelaman»: Rouen Atkinson 65 yoshga to‘ldi (foto)

Foto: Peter Kramer / Getty Images North America / AFP

Bugun, 6-yanvar kuni britan aktyori va komigi Rouen Atkinson 65 yoshini qarshiladi. Yoshligida Oksford universiteti Kuinz-kollejida elektrotexnikadan saboq olgan, bo‘sh vaqtida teatr mashg‘ulotlariga qatnagan. Atkinson 1970-yillarning oxirlarida radio va televideniyeda debyut qilgan. «Qora ilon» mini-serialidan keyin aktyor sifatida tanildi, ammo chinakam mashhurlikka o‘zi o‘ylab topgan Janob Bin obrazi bilan erishdi. «Agent Jonni Inglish», «G‘aroyib poygalar», «Megre» singari komediyadan tortib jiddiy kinofilmlargacha rollari bor.

Foto: Scotsman/ZUMA Press /globallookpress.com

Rouen Atkinson Angliyaning Darem grafligida 1955-yili tavallud topgan. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan bitta maktabda o‘qigan.


Foto: Beitia Archives / globallookpress.com

Maktabni bitirgan Atkinson Nyukasl universitetiga elektrotexnika yo‘nalishida o‘qishga kiradi. 1970-yillarning o‘rtalarida Oksford universiteti Kuinz-kollejida ushbu yo‘nalishda magistrlik darajasiga erishdi. Bu paytga kelib teatr san’atiga qiziqishi kuchaygan Atkinson aktyorlik to‘garaklariga serqatnov bo‘lib qolgandi.


Foto: Sean Dempsey / AFP

1970-yillarning oxirlarida Atkinson radioda «The Atkinson People» yumoristik eshittirishi bilan debyut qildi. Ayni shu davrdan uning teleko‘rsatuvlardagi chiqishlari ham boshlandi, 1980-yillarning boshlarida u qatnashgan «Qora ilon» mini-seriali ekran yuzini ko‘rdi.


Foto: Will Burgess / Reuters

Ammo Atkinsonni o‘zi o‘ylab topgan Janob Bin obrazi mashhur qildi.


Foto: Odd Andersen/WPA/AFP / AFP

«Janob Bin»dan so‘ng «Jodugarlar», «Qaynoq boshlar-2», «To‘rtta to‘y, bitta aza» kabi filmlarda suratga tushdi. 1990-yillarda o‘zini dublyajda ham sinab ko‘rdi: «Qirol sher» multfilmidagi karkidon-to‘ti Zazuga aynan u ovoz bergan.


Foto: KPA / Heritage-Images / globallookpress.com

«Skubi-Du» filmida Atkinson yovuz Emil Mondaveriusni o‘ynagan.


Foto: FilmStills / globallookpress.com

Atkinsonning do‘sti va hamkasbi Richard Kyortis uni o‘zi suratga olayotgan «Real muhabbat» filmidagi epizodik, ammo xarakterli rolga taklif etgan. Bu filmda Alan Rikman, Xyu Grant, Kolin Fyort, Emma Tompson, Kira Naytli, Endryu Linkoln, Liam Nison, Bill Nayi kabi yulduzlarni ko‘rish mumkin.


Foto: FilmStills / globallookpress.com

«Real muhabbat» bilan bir yilda Atkinsonning boshqa bir filmi — «Agent Jonni Inglish» premerasi bo‘lib o‘tdi.


Foto: Bruce Chambers/ZUMAPRESS.com / globallookpress.com

Britan agenti Jonni Inglishga bag‘ishlangan filmlar 2011 va 2018-yillarda ham dunyo yuzini ko‘rdi. Biroq Atkinsonning asosiy roli Janob Bin bo‘lib qolmoqda. Hatto shu obrazda Atkinson London olimpiadasini 2012-yilda ochib bergandi.


Foto: PLANET PHOTOS / globallookpress.com

Rouen Atkinsonning filmografiyasi qariyb 80 ta turli formatdagi kino va teleloyihalardan iborat. Ikki marta BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Foto: imago images / HochZwei / globallookpress.com

Rouen Atkinsonning hobbilaridan biri — kamyob mashinalarni to‘plash. Uning garajida «McLaren F1», «Aston Martin V8 Zagato», «BMW 328» va «Jaguar MK7» singari mashinalar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring