Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oskar mukofoti uchun O‘zbekiston nomidan qatnashadigan film aniq bo‘ldi

Oskar mukofoti uchun O‘zbekiston nomidan qatnashadigan film aniq bo‘ldi

Фото: ЎзА

2019 yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining koordinatsion markazi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga O‘zbekistonning bir qator kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokama natijasiga ko‘ra, Umid Hamdamovning «Issiq non» to‘liq metrajli badiiy filmi Oskar mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi to‘g‘risida 23 sentyabr kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlangan forumda tantanali ravishda e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Abduhalil Mingnorovning «Imom Termiziy», Rihsiboy Muhammadjonovning «Qor yog‘moqda, oppoq qor», Abduvohid G‘aniyevning «Elparvar», Umid Hamdamovning «Issiq non», Zulfiqor Musoqovning «Berlin-Oqqo‘rg‘on» hamda Ilhom Muhammadibrohimovning «Parvoz» deb nomlangan filmlar tanlov uchun taqdim qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring