Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima uchun kafelar Hamdam Sobirovning qo‘shig‘ini qo‘ya olmaydi?

Nima uchun kafelar Hamdam Sobirovning qo‘shig‘ini qo‘ya olmaydi?

Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan 60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.

Bu voqea so‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bloggerlar tomonidan tanqid ostiga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti bu masala bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.

Biroq, foyda olish maqsadida o‘zganing intellektual mulki tushlik yoki kechki ovqat bilan birga mijozlarga pullanganda mulk egasidan ruxsat olish talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalanilgan. Shu tufayli, ushbu kafe jarimaga tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring