Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Komil Allamjonov Dima Qayumga birgalikda yangi kutubxona qurishni taklif qildi

Komil Allamjonov Dima Qayumga birgalikda yangi kutubxona qurishni taklif qildi

Rishtonlik Dilshod Boltaboyev (Dima Qayum)ning xayriya bilan qurilgan mashhur kutubxonasi yana buzilishga tushgani haqida xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasi orqali ushbu masalaga munosabat bildirdi.

Menga «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘i orqali Dima Qayum taxallusi bilan tanilgan rishtonlik tadbirkor va bloger Dilshod Boltaboyevdan siz suratda ko‘rib turgan murojaat kelib tushdi.

Dima Qayum, eng avvalo, sizga kitob mutolaasi va uning targ‘iboti yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz, Prezidentimiz siyosatini targ‘ib etib, bizga bu borada ko‘makchi bo‘layotganingiz uchun rahmat. Hech shubhasiz, kitobxonlik va mutolaa bugungi kunning eng muhim hamda dolzarb masalalardan biridir.

Murojaatingizda aytilgan masala atroflicha o‘rganildi va uni hal etish choralari ko‘rilyapti. Sizga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib aytganimdek, bugungi kunda tumanda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari boshlangan. Biz viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich bilan kelishgan holda, sizning kutubxonangiz o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun kerakli choralarni ko‘ryapmiz. Kutubxona uchun tumandagi eng yaxshi joyni tanlasangiz, o‘sha yerda birgalikda kutubxona quramiz.

Shuni alohida ta’kidlamoqchiman — Agentlik kitobxonlikni targ‘ib qilishga bel bog‘lagan har bir kishini himoya qilishga, qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayyor. Siz va siz kabi kitobxonlikka befarq bo‘lmagan, bu borada o‘zining beg‘araz xizmatini ayamayotgan insonlar bilan hamisha birgamiz, deb yozadi Komil Allamjonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring