Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘chmanchilar yeri» rejissyori «Oskar» oldi

«Ko‘chmanchilar yeri» rejissyori «Oskar» oldi

Bosh rolda — Frensis Makdormend.

Filmdan lavha

Amerika kinoakademiyasining 93-taqdirlash marosimida nufuzli «Oskar» mukofoti «Eng yaxshi rejissyor» yo‘nalishida Xloya Chjaoga «Ko‘chmanchilar yeri» filmi uchun topshirildi.

Xloya Chjao. Foto: «KinoReportyor»

Xloya Chjao Xitoyda tug‘ilgan, AQShda yashab, ishlaydi.

«Ko‘chmanchilar yeri» filmi ishsiz qolib, Amerika bo‘ylab darbadarlikda kun kechirishga majbur bo‘lgan ayol haqida. Bosh rolni ijro etgan Frensis Makdormend film prodyuserlaridan biri ham sanaladi.

Ushbu filmi uchun Chjao AQSh rejissyorlar gildiyasining mukofotini qo‘lga kiritgan, shuningdek, kinoasar «Eng yaxshi dramatik film» yo‘nalishida «Oltin globus» mukofotiga ham sazovor bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring