Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tadbirlari Registonda o‘tkazilmasligi mumkin

Davlat tadbirlari Registonda o‘tkazilmasligi mumkin

Davlat tadbirlarini tarixiy maskanlarda emas, alohida tayyorlanadigan joylarda o‘tkazish taklifi berilgan. Bu haqda Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova ma’lum qildi.

— Tarixiy ob’yektlarni saqlashda juda extiyot bo‘lishimiz lozim. Bizda bir qator bayram va tantanalar tarixiy joylarda o‘tkaziladi. Kuchli shovqin obidalarga zarar yetkazishi turgan gap.

Shuningdek tarixiy obidalar atrofini ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor ham juda kuchli. Ammo maysani sug‘orish kerak. Suv obidalarga zarar yetkazmaydimi? Shu tomonini ham e’tiborga olish kerak.

YuNESKO mutaxassislari bu borada bizga o‘z tavsiyalarini bergan. Shunga asosan Madaniyat vazirligi tegishli muassasalar, hokimliklar va turizm qo‘mitasiga o‘z takliflarini bergan. Davlat tadbirlari va tantanalarni o‘tkazish uchun maxsus joy tashkil etish kerak.

Bu juda muhim masala va uni har doim ko‘tarib kelganmiz. Natija bo‘lmagunga qadar ko‘tarishda davom etamiz, — deydi Kamola Akilova.

Eslatib o‘tamiz, «Sharq taronalari» festivali Samarqandning tarixiy Registon maydonida o‘tkazib kelinadi. Shuningdek 2019 yilda Hunarmandlar festivali Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon saroyi joylashgan O‘rda maydonida tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring