Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin joniga qasd qilish — «Inkuzart»ning yangi asari (video)

Benzin joniga qasd qilish — «Inkuzart»ning yangi asari (video)

Taniqli rassom Inkuzart o‘zining navbatdagi san’at asarini benzin narxi oshishiga bag‘ishladi. Bu haqdagi videoni u Instagramiga joyladi.

Devorga chizilgan graffitida do‘ppi kiygan erkak orqa tomondan tasvirlangan va chakkasiga benzin quyadigan uskunani tiragan. Bu orqali O‘zbekistonda ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan benzin narxlariga ishora berilgan.

Strit-art Chilonzor tumanining 25-mavzesida Depo Mall savdo majmuasi to‘g‘risidagi devorga chizilgan. Inkuzart asarlarini o‘chirish yoki oldini to‘sib qo‘yish hollari ham uchrab turadi.

Masalan, avtomobil monopoliyasiga atalgan rasm bir kun ham turib ulgurmasdan oq bo‘yoq bilan o‘chirib tashlangan edi. Yoki jadidlar haqidagi graffitilarning oldiga rastalar qurib, meva-cheva sotadigan bozorchaga aylantirishgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda benzin narxlari rekord darajada qimmatlagan, ya’ni yil boshidan beri 63 foizga. Bunday ko‘rsatkich mustaqil O‘zbekiston tarixida kuzatilmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring