Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxshichilik san’ati festivalining yagona ayol ishtirokchisi Surxondaryodan ishtirok etadi

Baxshichilik san’ati festivalining yagona ayol ishtirokchisi Surxondaryodan ishtirok etadi

Foto: Baxshichilik festivali matbuot xizmati

5-10-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida «Xalqaro baxshichilik san’ati»  festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Sherobod tumani, Guliston mahallasidan bo‘lgan Rahimova Maysara Baxtiyor qizi Xalqaro Baxshichilik san’ati festivali ishtirokchisi yagona ayol ishtirokchisidir. Bu haqda Baxshichilik festivali matbuot xizmati vakili Shohsanam Rahmatullayeva xabar bermoqda.

Foto: Baxshichilik festivali matbuot xizmati

U 1997-yil 15-dekabrda tug‘ilgan bo‘lib, baxshichilik san’atiga dastlab yoshligidan mahalla to‘y- bayramlarida chiqishlarni ko‘rib, tinglab raqsga tushgan bo‘lajak baxshi, yillar davomida honadonidagi bobosining do‘mbirasiga qiziqib chalib ko‘rar edi, ushbu san’atga bo‘lgan mehri shundan uyg‘onib boshlagan.

Yosh baxshining garchi oila vakillari san’at turidan boshqa yo‘nalishida tahsil olishini hohlagan bo‘lsada, uning qiziqishlari, intilishlari bilan baxshichilik san’ati yo‘lida ketmoqda. Baxshiyona terma va dostonlarini o‘rganishda Shodmon baxshi va Shoberdi baxshilarning ijodidan ko‘proq tinglar va shular kabi ijro etishga harakat qilardi. Hozirda Rahimova Maysara Termiz Davlat Universiteti pedagogika fakulteti musiqiy ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich talabasi hamda TerDU qoshidagi Jayxun ansambli baxshichisi bo‘lib ishtirok etib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring