Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik olimlar koronavirusda o‘lim xavfini oshiradigan omilni aytishdi

Xitoylik olimlar koronavirusda o‘lim xavfini oshiradigan omilni aytishdi

Qondagi qand miqdorining ko‘pligi COVID-19 ning og‘ir shakllarida o‘lim xavfini oshiradi. Xitoylik olimlar shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari «Diabetologia» jurnalida e’lon qilindi.

Olimlarning xulosalari joriy yilning 24-yanvaridan 10-fevraligacha Uxan kasalxonalariga yotqizilgan 600 dan ortiq bemorning kasallik tarixiga asoslangan.

Ushbu kasallik tarixlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qonda glyukoza darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan odamlar orasida COVID-19dan o‘lim soni boshqa bemorlarga qaraganda 2,3 marta ko‘proq qayd etilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, qonda qand moddasining yuqori bo‘lishi yallig‘lanish o‘choqlari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi va qon tomirlari faoliyatini yomonlashtiradi.

Hozirgi kunga qadar Xitoyda 4,634 nafar bemor COVID-19dan vafot etgan va bu raqam bir yarim oydan ko‘proq vaqt davomida o‘zgarmay kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring