Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusni qanday yuqtirgani noma’lum bo‘lgan bemorlar soni qancha?

Toshkentda koronavirusni qanday yuqtirgani noma’lum bo‘lgan bemorlar soni qancha?

Illyustrativ foto

Toshkent IIBB koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan bemorlar soniga aniqlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday bemorlar soni jami 42 nafar bo‘lgan, juma kuni ertalabga kelib esa 19 nafarni tashkil etgan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Oldinroq Davlat bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov poytaxtda 48 nafar koronavirus bemori qanday qilib virusni yuqtirganligi noma’lum ekanligini aytgan edi. IIBBning qayd etishicha, ushbu ma’lumot to‘g‘ri emas. Ulardagi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus yuqish omili noma’lum bo‘lgan jami 42 ta holat qayd etilgan, lekin 17-aprel kuni soat 8:00 da bunday bemorlar soni 19 nafarni tashkil etgan. Surishtiruv ishlari bilan shug‘ullanayotgan maxsus guruh 23 nafar bemorning qanday qilib infeksiyani yuqtirganligini aniqlagan.

«Ushbu ishlar kecha-kunduz davom etmoqda, vaziyat har soatda o‘zgarmoqda. Ertaga ushbu raqamlar o‘zgarishi kerak», — deya ta’kidlagan IIBB.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring