Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri va viloyatida yana aholi o‘rtasida koronavirus aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida yana aholi o‘rtasida koronavirus aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 27-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3355 (+22) nafarni tashkil etmoqda.

SSV matbuot xizmati izohiga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa yurtimizda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2659 (+23) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring