Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiy niqob ishlab chiqarish quvvati o‘n barobar oshdi

Tibbiy niqob ishlab chiqarish quvvati o‘n barobar oshdi

AOKA huzuridagi shtabda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida ma’lum qilinishicha, juda qisqa muddatda «himoya vositalari» ishlab chiqarilishi bir necha barobar oshgan. Fevral oyida bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin korxona ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda ishlab chiqarish quvvatlari 10 barobarga oshirildi.

Himoya niqoblarini ishlab chiqarish quvvatlari respublika bo‘yicha 200 mingdan — 2,5 mln.ga yetkazildi va keyingi hafta ichida 5 mln.dan yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 12 mingdan ortiq himoya xalatlari (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring