Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tana harorati yuqori bo‘lganlarga alohida kabina va quti tashkillashtiriladi

Tana harorati yuqori bo‘lganlarga alohida kabina va quti tashkillashtiriladi

Bu haqda Bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar aniqlangan taqdirda, ular ovoz berish xonasiga kiritilmasdan ovoz berishlari uchun alohida ajratilgan joylarda ko‘chma saylov qutilari va kabinalar tashkil etildi.

Qolavesa, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlar hamda kasallik alomatlari aniqlanganlar uchun alohida izolyator xonalari hamda saylov binolarida tibbiy xonalar tashkil etildi. Ular zarur dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan bilan ham to‘liq ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun jami 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi.

Hozirgi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tizimli va markazlashgan holda har bir saylov uchastkasida zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari o‘tazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring