Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand virusdan axlat yordamida himoyalanmoqda

Tailand virusdan axlat yordamida himoyalanmoqda

Foto: «Lenta.ru»

Mamlakat plastik chiqindilardan koronavirusdan himoya qiluvchi vositalarni ishlab chiqara boshladi.

Shaxsiy himoya vositalari yetishmasligi Tailandni axlat yordamida jon saqlashga majbur qildi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda virusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylarga borish uchun qayta ishlangan plastik chiqindilardan antikovid kostyumlar tikish yo‘lga qo‘yilgan.

Millionlab plastik idishlarga ishlov berilib, sintetik tolalarga o‘zgartirildi. Ulardan esa «qizil» zonadagi shifokorlar hamda koronavirus qurbonlarini kuydirish bilan shug‘ullanuvchi budda rohiblari uchun kombinezon ishlab chiqarildi.

Plastikdan tayyorlangan himoya kostyumlari steril hisoblanmaydi, biroq ular koronavirusdan minimal himoya qiladi. Bundan tashqari, ularni ishlab chiqarish unchalik qimmat emas — bitta kombinezonga 18 ta ishlatilgan idish ketadi.

Katastrofik yetishmovchilik va kasallikning tarqalishi Tailandni chiqindilardan shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishga undadi — 2021-yil apreldan beri u yerda 1,1 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalindi va 12 mingta o‘lim qayd etildi.

Chakdayeng ibodatxonasida plastik chiqindilar tufayli nafaqat shifokorlarni, balki yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan boshqa odamlarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash mumkinligini aytishdi. Qayta ishlash koronavirus bilan kasallanish xavfini hamda atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytiradi.

Boshqa mamlakatlar ham plastik chiqindilardan samarali foydalanishga harakat qilmoqda.

Buyuk Britaniyada qurilishda ularni qum o‘rniga ishlatishga qaror qilishgan. Daniyaning Lego kompaniyasi esa yaqin ikki yil ichida qayta ishlangan idishlardan o‘yinchoq konstruktorlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga va’da bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring