Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga yo‘liqqan bemor koronavirus tufayli vafot etdi

Saratonga yo‘liqqan bemor koronavirus tufayli vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, Toshkentda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7-iyunidan 16-iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida  yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23-iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida  yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi  qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol)  Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2-iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan  vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring