Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda bir kunda 1708 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda bir kunda 1708 kishida koronavirus aniqlandi

Foto: «Eurasianet»

Qo‘shni Qozog‘istonda kecha, 10-iyul kuni 1708 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Shundan simptomli tashuvchilar — 698 nafar, simptomsiz tashuvchilar — 1010 nafar.

Atirau viloyati (7393), Olmaota (7118) va poytaxt Nursulton (6477) shaharlari, Qarag‘anda viloyati (5910) va Chimkent (3849) shahri mamlakatdagi eng yirik koronavirus o‘choqlari bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar jami soni 56 455 nafarga yetdi. Bemorlarning 264 nafari vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring