Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda qayd etilgan 104 ta holat manbalari haqida ma’lumot berildi

Qashqadaryoda qayd  etilgan 104 ta holat manbalari haqida ma’lumot berildi

Foto:«Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 16-iyundagi ma’lumotiga ko‘ra Qashqadaryo viloyatida COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 nafarga ko‘payib, 161 nafarga yetdi (bulardan 6 nafari ilgari sog‘ayib chiqqan).

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yangidan kasallik qayd etilgan 104 bemorning barchasi karantin muassasalarida saqlanayotganlar orasida bo‘lgan. Ularning 66 nafari Qozog‘iston, 5 nafari Turkiya fuqarolari, 10 nafari Qashqadaryoda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxona ishchilari, 1 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi, 20 nafari Kitob, 2 nafari Chiroqchi tumanlaridan (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan).

2020-yil viloyat bo‘yicha 16 iyun holatida viloyat bo‘yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda.

Ularning 342 nafari statsionar, 1390 nafari uy karantinida.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 (+68) nafarni tashkil etmoqda.

Qashqadaryo viloyatida uzoq tanaffusdan so‘ng, dastlab Chiroqchi tumanida, so‘ngra Muborak tumanida 28 nafar xorijiy korxona ishchilari orasida virus aniqlandi. 

So‘ngra Kitob tumanidan viloyat markazida karantinga olingan 73 kishidan 5 tasida ham infeksiya borligi tasdiqlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring