Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga narkoz-nafas olish apparatlari xayriya qilindi

O‘zbekistonga narkoz-nafas olish apparatlari xayriya qilindi

Foto: SSV

PepsiCo kompaniyasining yurtimizdagi «International Beverages Tashkent» MChJ qo‘shma korxonasi xayriya loyihasi doirasida Belgiyada ishlab chiqarilgan, 1,6 milliard so‘m miqdoridagi «Caelus Lite» ekspert toifasidagi narkoz-nafas olish apparatlarini xarid qilib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

– Xayriya loyihasini amalga oshirishdan oldin biz dunyoda va mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rgandik, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan maslahatlashdik, – deydi «International Beverages Tashkent» MChJ direktori Muzaffar Solijonov. – Shunga ko‘ra, «Caelus Lite» ekspert toifasidagi narkoz-nafas olish apparatlarini sotib olishga qaror qildik. Ushbu apparat «MEDEC» kompaniyasining anesteziologiya ish stansiyalari sohasidagi 40 yillik tajribasi mahsulidir. Ushbu apparatning asosiy vazifasi – anesteziologiya bo‘lib, ayni paytda o‘pkani to‘la-to‘kis sun’iy shamollatish vazifasini ham bajaradi. Umid qilamizki, ushbu apparatlar koronavirusga chalingan, ahvoli og‘ir bemorlarning tezroq sog‘ayishiga ko‘maklashadi va shifokorlarimiz faoliyatiga yaqindan yordam beradi. Biz xayriya ishlarini davom ettirish va mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashda munosib hissamizni qo‘shish niyatidamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring