Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noxush rekord yana yangilandi

Noxush rekord yana yangilandi

Afsuski, shu yilning 11-iyul kuni mamlakatimizda 486 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 391 nafari karantin muassasalarida, 95 nafari aholi orasida aniqlangan, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 193 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12513 nafar bemordan 7723 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4733 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring