Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nima uchun telefonlarga ogohlantiruvchi SMS kelmay qo‘yganiga izoh berildi

Nima uchun telefonlarga ogohlantiruvchi SMS kelmay qo‘yganiga izoh berildi

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

— Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qo‘lni sovunlab yuvish to‘g‘risida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?
— To‘g‘ri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi to‘xtadi, lekin buning o‘rniga muntazam OAV orqali targ‘ib qilinmoqda.

— Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasi qizil hududga kiritilgani uchun shifokorlar qabuliga borolmayapmiz. Oilaviy poliklinika ishlamayapti. Yaqin oradagi tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishdi. Turmush o‘rtog‘imga tashxis qo‘yilishi uchun tahlil topshirishlari zarur.
— Agar turmush o‘rtog‘ingizda biror o‘tkir kasallik bor bo‘lib, unga tez tibbiy yordam zarur bo‘lsa tez yordam mashinasini uyga chaqiring. Har qanday vaziyatda ham tuman tibbiyot birlashmasi sizning muammongizni yechishi lozim.

— Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?
— Bu masala bilan SSV attestatsiya komissiyasi shug‘ullanyapdi. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e’tiboringizga yetkazamiz.

— Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, ikkinchi natijada manfiy bo‘lsa karantinda ushlab turish mumkinmi?
— Agar birinchi marta koronavirusga topshirgan tahlil natijasi musbat chiqqan bo‘lsa kasalxonada nazoratda bo‘lishi kerak, ikkinchi marta tahlil natijasi manfiy chiqsa ham 14 kun nazoratda bo‘ladi.

— Koronavirusga chalinganlarning ko‘pchiligi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar. Ularning vaqtida karantinga olinishi ta’minlanyaptimi?
— Ha, epidemik noxush davlatlarga borib kelgan barcha shaxslar 14 kun muddatga karantinga olinyapti.

— Ko‘plab virus tashuvchisi bo‘lgan hashoratlar (burga, klapa, chivin) koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?
— Yo‘q, bu hashoratlar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lishmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring