Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalganlar 18 ming nafardan oshdi

Koronavirusdan tuzalganlar 18 ming nafardan oshdi

SSV xabariga ko‘ra, 2020-yil 4-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 047 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 215 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlar, ya’ni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli L.R. (ayol), Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 42 yoshli Sh.X. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 340 nafar, Toshkent viloyatida 181 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 nafar, Samarqand viloyatida 87 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 789 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 18 051 (+789) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 831 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring