Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus bo‘yicha yana bir rekord yangilandi

Koronavirus bo‘yicha yana bir rekord yangilandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 12-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 654 (+189) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 162 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, ya’ni Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 569 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 25 659 nafarga (78 foiz) yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 6 784 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring