Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda koronavirus qurbonlari o‘raga uloqtirilayotgani fosh etildi (video)

Hindistonda koronavirus qurbonlari o‘raga uloqtirilayotgani fosh etildi (video)

Skrinshot

Hindistonning Karnataka shtati hukumati jasadlari vahshiylarcha o‘raga tashlab yuborilgan koronavirus qurbonlarining qarindoshlaridan kechirim so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan videoda maxsus himoya kiyimidagi xodimlar qora qoplarga solingan jasadlarni chuqur o‘raga uloqtirishayotgani tasvirlangan. Shu tariqa sakkizta jasad bitta o‘raga tashlangan...

Bo‘lib o‘tgan voqealardan afsusdaligini bildirgan hukumat vakillaridan biri yuqoridagi sanitariya xodimlarining hammasi vazifasidan bo‘shatilib, o‘rniga munosib insonlar ishga olinganini ma’lum qilgan.

Pandemiya davrida Karnataka shtatida koronavirus qurbonlari soni 246 nafarga yetgan. Hindiston esa ayni paytda jahondagi to‘rtinchi koronavirus o‘chog‘i bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring