Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada noxush rekord qayd etildi

Fransiyada noxush rekord qayd etildi

Foto: «REUTERS / Eric Gaillard»

Fransiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirganlar soni 10 561 kishini tashkil etdi, bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda mamlakat sanitariya agentligi ma’lumotlariga tayanib «Sante Publique» xabar berdi.

Payshanba kuni Fransiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni bir kecha-kunduzda 9843 kishini tashkil etgandi. Shanba kuni yangi holatlarning kunlik o‘sishi ilk bor 10 minglik ko‘rsatkichdan oshdi.

Fransiyada jami 373 911 kishi koronavirusga chalingan. 30 910 kishi vafot etdi, 20 395 nafar bemor davolanmoqda.

O‘tgan hafta mobaynida 2432 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 417 nafar bemor reanimatsiyada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring