Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi

Foto: «Match.ru»

Serbiyalik tennischi va dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Xorvatiyada koronavirusga test topshirishdan bosh tortdi, deya xabar berdi «Kurir» portali.

Nashrning yozishicha, sportchi kasallikning hech qanday alomatlari bo‘lmagani uchun test topshirishni istamagan. Shunga qaramay, tennischi Belgradga qaytib kelgach shifokorga murojaat qilib, zarur muolajalarni olmoqchi.

Ta’kidlanishicha, Jokovich COIVD-19 aniqlangan bolgariyalik tennischi Grigor Dmitrov bilan yaqin muloqotda bo‘lgan.

Kuni kecha Zadarda (Xorvatiya) tennis bo‘yicha «Adria Tour» turnirida rossiyalik Andrey Rublev bilan Jokovich o‘rtasidagi musobaqa turnir ishtirokchilaridan birida koronavirusga test natijasi musbat chiqqanligi bois bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring