Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati e’lon qilindi  

COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati e’lon qilindi   

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Qarorga asosan, Respublika maxsus komissiyasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining (Agentlik) qo‘shma xulosasi asosida qarorda belgilangan tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatlariga qo‘shimchalar  va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Shuningdek, tibbiy buyum, tibbiy texnikalar, shu jumladan kislorod konsentratorlar, biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari importi bilan shug‘ullanuvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar:

  • mahsulot sifati va xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi hamda o‘zlari tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot haqidagi ma’lumotlarni mahsulot realizatsiya qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari;
  • dori vositalarini sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida halqaro patentlanmagan nomini o‘zbek yoki rus yohud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekistondan tashqariga olib chiqilishi 2020 yil 1 oktyabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi.

Ayrim dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilishi mumkin.

Qaror bilan, shuningdek, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring