Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtobusda kasallik qanday yuqadi? Olimlar avtobus salonida virusning tarqalishini kuzatishdi

Avtobusda kasallik qanday yuqadi? Olimlar avtobus salonida virusning tarqalishini kuzatishdi

Foto: «Xabar.uz»

Xitoylik olimlar jamoat transportlarida COVID-19 bilan zararlanish yo‘llari borasida izlanish o‘tkazishgan edi, xulosalar qanday?

2020-yilning 22-yanvar sanasida Xitoy Xalq Respublikasi, Xunan provinsiyasida COVID-19 kasalligi o‘zining yuqori pallasiga yetdi. Bir yo‘lovchi Xunan provinsiyasidan shaharlararo qatnovchi avtobus reyslaridan biriga chiqqan. Xatti-harakatlaridan sog‘lomdek tuyulgan bu yo‘lovchi, aslida o‘zini yomon his qiladi va avtobus salonining chiqib-tushish eshigi yonidagi o‘rindiqlarning biriga joylashgan.

Barcha o‘rindiqlar to‘lgach avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan. 4 soatlik reys davomida zararlangan yo‘lovchi salondagi hamma bilan suhbat qurib, hol-ahvol so‘rashga ulgurgan. Avtobus so‘ngi bekatga yetganida, barcha yo‘lovchilar salonni tark etganlar va navbatdagi reysga otlanish uchun yangi yo‘lovchilar salondan joy egallaganlar. 

  • Qizil rangda – kasallangan yo‘lovchi;
  • Olov rangda – undan zararlangan yo‘lovchilar;
  • Ko‘k rangda – simptomlarsiz zararlangan yo‘lovchi;
  • Pushti rangda – kasallangan yo‘lovchi avtosalonni tark etganidan 30 daqiqadan so‘ng zararlangan yo‘lovchi.

Kasallangan yo‘lovchi (o‘zining virus yuqtirib olgani haqida bilmagan) tushgan bekatidan boshqa bir mikroavtobusga chiqqan. Yo‘l 1 soat davom etgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng har ikkala jamoat transportlarida o‘tkazilgan kichik tekshiruv ishlarida 12 nafar zararlanish holati qayd etilgan.

Birinchi katta avtobusda 7 kishi zararlangan. Shuningdek ularning ayrimlari kasallangan yo‘lovchidan 4,5 m uzoqlikda o‘tirganliklarini aytgan bo‘lsalar, keyingi zararlanish holati aniqlangan yana 2 kishi esa avtobusga kasallangan yo‘lovchi tark etganidan 30 daqiqadan so‘ng joylashgan ekanliklarini ta’kidlaganlar.

Kasallangan yo‘lovchi chiqqan ikkinchi mikroavtobusda yana 2 kishi zararlangan. E’tiborlisi shundaki, ulardan biri ham kasallangan yo‘lovchidan 4,5 metr uzoqlikda bo‘lganini aytgan.

Har qanday kamchiliklarga qaramay tibbiy niqoblar, hali hamon virusdan himoyalanishning eng yaxshi vositasi bo‘lib qolmoqda.

Kutilmagan xulosalar

  • Virus bilan kasallangan kishi ma’lum bir yopiq joyni tark etganidan keyin ham virusdan zararlanish mumkin. Buni virus o‘rnashib olgan buyumlar yuzasida yashab qolish muddatidan ham bilish mumkin. 
  • Ijtimoiy masofani iloji boricha uzoqroq saqlash to‘satdan zararlanishdan asrashi mumkin.
  • Avtobusda zararlangan yo‘lovchilarning birortasida ham tibbiy niqoblar bo‘lmagan.  
  • Shuningdek, COVID-19 hali oxirigacha o‘rganilmagan kasallik.

Xitoylik olimlar tomonidan o‘tkazilgan izlanish natijalari, tibbiy niqoblarni taqish, antiseptik vositalardan foydalanish va iloji boricha jamoat joylari, jamoat transportlaridan uzoqroq bo‘lish virusdan himoyalanishning eng samarali usuli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring