Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+35. Navoiyda odamlar orasida koronavirus aniqlandi

+35. Navoiyda odamlar orasida koronavirus aniqlandi

2020-yil 4-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3909 (+35) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3082 (+68) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 811 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring