Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

Yurtimizda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga xorijiy janubiy tumanlardan juda iliq havo oqimi kirishda davom etadi. Mamlakatimiz hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17-20 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shiddat bilan esganda shamol tezligi sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta yer dengizi ustida shakllangan siklon kirishni boshlaydi. Respublika bo‘ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, hamma joyda bulutlilik ortadi. Shimoli-g‘arbiy tumanlar va cho‘lli hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Markaziy va janubiy tumanlar, shuningdek Toshkentda kechga yaqin kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati bir oz pasayadi, lekin shunga qaramasdan me’yordan yuqori bo‘ladi: kechasi 4-7 daraja iliq, kunduzi 14-17 daraja iliq, ayrim joylarda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat keskin pasayib 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring