Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi viloyatlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun ba’zi viloyatlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent,  Jizzax,  Sirdaryo viloyatlarida ertalab va kechga tomon  ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab va kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’za joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 9-14° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring